O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisi Abdulaziz Aqqulov “UAE University” prorektori, bosh ijrochi direktori, professor Ahmad Ali Alraisi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
Muzokaralar chog‘ida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatimizda oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan yangilanishlar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida taqdimot o‘tkazdi.
Tomonlar O‘zbekistonda “UAE University” filialini ochish, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, “Green University” va Toshkent davlat agrar universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqdilar. Shuningdek, qo‘shma tadqiqot dasturlarini amalga oshirish, talabalar uchun kurslar tashkil etish kabi yo‘nalishlarda fikr almashildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!