Hodisa, Jahon

Rossiya Ozarbayjon samolyoti uchun tovon to‘lay boshladi

Rossiya Ozarbayjon samolyoti uchun tovon to‘lay boshladi

Rossiya hukumati Qozog‘istonning Aqtau shahri yaqinida qulagan Ozarbayjon havo yo‘llariga tegishli samolyot bo‘yicha tovon to‘lashni boshladi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, sug‘urta kompaniyasi samolyot uchun 1 milliard 3 million rubl miqdorida to‘lovni amalga oshirgan. Shuningdek, halokatda halok bo‘lgan va jarohat olgan yo‘lovchilarning yaqinlariga 358,4 million rubl (qariyb 4,4 million dollar) kompensatsiya to‘langan.

Ta’kidlanishicha, jabrlanganlar oilalari bilan to‘liq kelishuvga erishish maqsadida muzokaralar davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 25-dekabr kuni Bokudan Grozniyga yo‘l olgan Ozarbayjon havo yo‘llari samolyoti Rossiya havo hududida o‘qqa tutilib, yo‘nalishini o‘zgartirgan holda Aqtauda qulagan edi. Halokat oqibatida 38 kishi hayotdan ko‘z yumgan.