Jahon

Amerikada ish o‘rinlari keskin kamaydi

Amerikada ish o‘rinlari keskin kamaydi

AQSHda avgust oyida atigi 22 mingta yangi ish o‘rni yaratilgani qayd etildi. Iyulda bu ko‘rsatkich 79 ming edi. Mehnat vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ishsizlik darajasi 4,3 foizga ko‘tarilib, so‘nggi to‘rt yil ichidagi eng yuqori natija qayd etildi.

Iqtisodchilar buni prezident Donald Trampning bojxona tariflari va davlat xizmatchilarini qisqartirish siyosati bilan bog‘lashmoqda.

Tramp hisobot yuzasidan bevosita izoh bermadi, biroq Federal rezerv raisi Jerom Pauellni stavkalarni pasaytirmagani uchun yana tanqid qildi. Fed esa bunday choralar inflyatsiya xavfini kuchaytirishi mumkinligini bildirmoqda.