Iqtisod, Jahon

Bank of America: O‘zbekiston iqtisodiyoti Qozog‘istondan ilgarilab ketdi

Bank of America: O‘zbekiston iqtisodiyoti Qozog‘istondan ilgarilab ketdi

Bank of America tuzgan EEMEA (Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika) mintaqasidagi tez rivojlanayotgan iqtisodiyotlar reytingida O‘zbekiston 9-o‘rinni egalladi. Qozog‘iston esa 10-o‘ringa joylashdi.

Hisobotda O‘zbekistonning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari keltirilgan: iqtisodiy o‘sish — 5,9 foiz, byudjet taqchilligi — YIMga nisbatan 2,3 foiz, davlat qarzi — YIMning 33 foizi. Inflyatsiya darajasi 8,8 foizni tashkil etmoqda (Qozog‘istonda — 10,4 foiz). Joriy hisobda esa 5 foizlik taqchillik qayd etilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkichlar O‘zbekistonni mintaqadagi eng tez rivojlanayotgan davlatlardan biriga aylantirmoqda.