FIFA rahbari Janni Infantino yaqin kunlarda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Dasturga ko‘ra, u Milliy terma jamoalar futbol markazi faoliyati bilan tanishadi hamda bolalar, o‘smirlar, ayollar va milliy jamoalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechiradi. Mazkur markaz FIFA mablag‘lari asosida barpo etilgani ta’kidlanmoqda.
Infantino, shuningdek, 8-sentabr kuni Toshkentdagi “Olimpiya” stadionida bo‘lib o‘tadigan CAFA Nations Cup 2025 final uchrashuvini tomosha qiladi. Finalda O‘zbekiston milliy jamoasi Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin soat 19:30 da boshlanadi.
Tashrif FIFA va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, infratuzilmani rivojlantirish hamda yosh futbolchilar uchun keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!