Iqtisod, Jahon

O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi

O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi

6-sentyabr kuni Prezident topshirig‘iga muvofiq, O‘zbekiston Afg‘onistonning Kunar va Nangarhor viloyatlariga 300 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami yetkazdi.

Yordam Balx viloyatiga topshirilib, Hayraton shahridagi “Astras” kompaniyasi hududida o‘tkazilgan marosimda O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Afg‘oniston rasmiylari qatnashdi.

Yordam tarkibida un, guruch, shakar, yog‘, dori-darmon, tibbiy buyumlar hamda oziq-ovqat mahsulotlari bor. Afg‘oniston tomoni O‘zbekiston rahbariyati va xalqiga minnatdorlik bildirdi.