Oliy Majlis Senati xalqaro va shaharlararo tashuvlarda xavfsizlik talablarini buzganlik uchun jarimalarni kuchaytiruvchi qonunni ma’qulladi.
Yangi tartibga ko‘ra, avtomobil haydovchilari mehnat va dam olish rejimini buzsa, 7 BHM (2 mln 884 ming so‘m) jarima to‘laydi. Temiryo‘l va metroda esa harakat xavfsizligi hamda tashish qoidalarini buzgan mansabdor shaxslar 10 BHM (4 mln 120 ming so‘m) jarimaga tortiladi.
Senatorlar bu choralar yo‘lovchilar xavfsizligini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!