Henley pasport indeksining yangi natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari 62 ta davlatga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lib, mamlakat 72-o‘rindan joy oldi.
Reyting yetakchilari
– 1-o‘rin: Singapur — 193 ta davlatga vizasiz kirish;
– 2-o‘rin: Yaponiya va Janubiy Koreya — 190 ta davlat.
Markaziy Osiyo davlatlari ko‘rsatkichi
– Qozog‘iston — 79 ta davlat, mintaqada yetakchi;
– Qirg‘iziston — 71-o‘rin;
– Tojikiston — 78-o‘rin;
– Turkmaniston — 84-o‘rin.
Eng past o‘rinlar
Reyting oxiridan Afg‘oniston, Iroq va Suriya joy oldi.
Ma’lumot uchun: Henley pasport indeksi Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) ma’lumotlari asosida tuziladi va fuqarolarning vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar sonini aks ettiradi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!