2025-yilning birinchi yarmida Rossiyadan migratsiya qonunchiligini buzgan 2,8 ming nafar shaxs deportatsiya qilindi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 17 foizga ko‘pdir.
Rossiya Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, noqonuniy migrantlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi chora-tadbirlar kuchaytirilgan va ish beruvchilar ustidan nazorat oshirilgan. Shu davrda o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida qariyb 20 ming huquqbuzarlik aniqlangan.
Shuningdek, yilning birinchi yarmida 587,8 ming migratsiya huquqbuzarligi qayd etildi. Ularning aksariyati noqonuniy yashash (+28%) va mehnat bozori bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga (+52%) to‘g‘ri keladi.
Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, propiska va vaqtincha ruxsatnomalar berilishi kamaygan. Yashash uchun ruxsatnomalar 32 foizga, Rossiya fuqaroligini bekor qilish qarorlari esa 791 nafar shaxsga nisbatan qo‘llangan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!