Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida hokim o‘rinbosari Dilfuza Toshmatova mahalla faollaridan qariyb 150 kishini paxta terimiga jalb qilishni talab qilgani aks etgan video va audioyozuvlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Unda mansabdor shaxs yig‘ilganlarga nisbatan qo‘pol iboralar ishlatib, har bir faol kamida 5 kishini olib chiqishi lozimligini aytgani aks etgan.
Milliy komissiya mazkur holatni nazoratga olganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, masala tezkor tartibda o‘rganilib, mas’ul mansabdorlarning faoliyatiga huquqiy baho beriladi.
Shuningdek, bunday holatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi ta’kidlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar hamkorlikda ish olib borishi bildirildi.
Fuqarolarga majburiy mehnat yoki boshqa huquq buzilishi holatlarida 1176 yoki 1092 qisqa raqamlariga murojaat qilish eslatib o‘tildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!