2025-yil 15–23-sentabr kunlari Toshkent shahrida Markaziy Osiyo badminton chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqa O‘zbekiston Badminton Federatsiyasi tomonidan tashkil etilib, mintaqadagi eng yirik turnirlardan biri sifatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Chempionatda O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Eron va Mo‘g‘uliston sportchilari U-23, U-17 hamda U-15 yosh toifalarida bellashadi.
Badminton ixlosmandlari uchun chempionat tezkorlik va epchillikka boy, shiddatli va hayajonli bahslarni taqdim etishi kutilmoqda.
Tadbir sportchilar uchun tajriba maktabi bo‘lishi, Markaziy Osiyo sport hamjamiyati uchun esa yangi sahifa ochishi ta’kidlanmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!