Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen Isroil bilan tuzilgan bitimni qisman to‘xtatib turishni taklif qildi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroilga ko‘rsatilayotgan ikki tomonlama yordam fuqarolik jamiyati bilan aloqalarga ta’sir qilmagan holda to‘xtatiladi va tegishli to‘lovlar bekor qilinadi.
Shuningdek, Lyayen Isroilning ekstremist vazirlari va zo‘ravonlikka qo‘l urayotgan yahudiy ko‘chmanchilariga qarshi sanksiyalar joriy etishni ilgari surdi.
Yevrokomissiya rahbari, bundan tashqari, savdo masalalari bo‘yicha assotsiatsiya bitimining amal qilishini qisman to‘xtatib turishni ham taklif qilgan.
Oktyabr oyida Yevrokomissiya Falastin donorlar guruhini tuzishi rejalashtirilmoqda. Tashabbus G‘azoni tiklash uchun maxsus vosita yaratishni va mintaqaviy hamkorlar bilan hamkorlikda amalga oshirishni o‘z ichiga oladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!