AQSHda prezident Donald Trampning yaqin ittifoqchisi, konservativ siyosiy faol va sharhlovchi Charlz Kirkga suiqasd uyushtirildi. U Utah Valley universiteti kampusida nutq so‘zlayotganida otib o‘ldirildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Kirk 200 metr masofadan o‘q uzilishi oqibatida bo‘ynidan og‘ir jarohat olgan. U shifoxonaga olib ketilgan bo‘lsa-da, keyinchalik Donald Tramp uning vafot etganini e’lon qildi.
Rasmiylar voqeani “siyosiy suiqasd” deb atamoqda, biroq hujumchi hanuz qo‘lga olinmagan.
Charlz Kirk 31 yoshda edi. U yoshlar orasida konservativ qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi Turning Point USA harakatining asoschisi bo‘lib, millionlab tinglovchiga ega podkasti Trampning saylovdagi muvaffaqiyatlarida muhim omil sifatida tilga olinadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!