Jahon

Nepalda amaldorlar vertolyotga osilib namoyishchilardan qochdi

Nepalda amaldorlar vertolyotga osilib namoyishchilardan qochdi

Nepalda keng ko‘lamli noroziliklar chog‘ida bir guruh amaldorlarning harbiy vertolyotga osilgan holda evakuatsiya qilinayotgani aks etgan video tarqaldi. Kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Namoyishchilar korrupsiya, siyosiy elita hashamati va ijtimoiy tengsizlikka qarshi ko‘chaga chiqdi. Mamlakatdagi “Zumerlar inqilobi” deb atalgan chiqishlar so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik norozilik sifatida qayd etilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan hafta hukumat Facebook va YouTube jumladan 26 ta ijtimoiy tarmoqni ro‘yxatdan o‘tmaganlik sababli bloklagan. 8-sentabr kuni minglab yoshlar Katmandu va boshqa shahar ko‘chalariga chiqib, ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yilgan cheklovlar va korrupsiyaga qarshi namoyish o‘tkazgan.