Rossiyada migrantlarning ish haqidan ortiq mablag‘ni xorijga yuborishi taqiqlanishi mumkin. Davlat dumasiga kiritilgan qonun loyihasiga ko‘ra, bunday hollarda migrantlar daromad manbai haqida deklaratsiya taqdim etishi talab qilinadi.
Tashabbus yashirin iqtisodiyot va noqonuniy moliyaviy oqimlarga qarshi kurashishga qaratilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilda muhojirlar pul o‘tkazmalari 18 milliard dollarga yetgan, 2024-yilda esa O‘zbekistonga yuborilgan mablag‘lar 29 foizga ko‘payib, 11,5 milliard dollarni tashkil etgan.
Ekspertlar nazoratni amalga oshirish qiyin bo‘lishini qayd etmoqda, chunki migrantlarning katta qismi norasmiy sektorda ishlaydi va daromadlarini hujjat bilan tasdiqlay olmaydi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!