O‘zini huquqni muhofaza qiluvchi organ va bank xodimi deb tanishtirgan shaxslar fuqaroni 170 ming AQSH dollariga chuv tushirdi. Bu haqda Ombudsman axborot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2024-yil dekabr oyida fuqaro M.P. soxta xodimlarning ta’siriga uchib, mashinasini va uyini sotgan, jamg‘armalarini topshirgan hamda qarzga kirgan. U pullarini kriptovalyuta orqali yo‘qotgan.
Fuqaroning murojaati asosida jinoiy ish qo‘zg‘atilib, u jabrlanuvchi sifatida tan olingan. Ombudsman masalaga aniqlik kiritish uchun Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilgan.
Natijada Kiberxavfsizlik boshqarmasi tomonidan kriptodo‘kondan fuqaro foydasiga 115 ming dollar undirib berildi.
Ombudsman fuqarolarga murojaat qilib, “o‘zini huquqni muhofaza qiluvchi organ yoki bank xodimi deb tanishtirib, qo‘ng‘iroq qilib to‘lov yoki ma’lumot so‘rayotgan shaxslarga ishonmang”, deya ogohlantirdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!