Jamiyat

“Dok1 Maks” va boshqa 3,2 mln.dan ortiq zararli dori vositalari yo‘q qilinmoqda

“Dok1 Maks” va boshqa 3,2 mln.dan ortiq zararli dori vositalari yo‘q qilinmoqda

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan sud qaroriga asosan jami 3 mln. 200 mingdan ziyod zararli dori vositalari yo‘q qilinmoqda.

Ular orasida yurtimizda 68 nafar bolaning halok bo‘lishi, 16 nafar bolaning nogiron bo‘lib qolishiga sababchi bo‘lgan “Dok1 Maks” siropi ham bor.

Jumladan:

811 ming 478 dona “Dok1 Maks” tabletkasi,

101 ming 669 dona “Dok1 Maks” siropi,

2 mln. 252 ming 796 dona “Ambronol” tabletkasi,

56 ming 672 dona “Ambronol” siropi tegishli tartibda yo‘q qilinmoqda.

Jarayon Vazirlar Mahkamasining 200-sonli qaroriga muvofiq, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sanitariya-epidemiologiya xizmati, ekologiya qo‘mitasi va xolislar ishtirokida amalga oshirilmoqda.

Dori vositalari ekologiya va atrof muhitga zarar yetkazmagan holda maxsus pechlarda yoqilmoqda.