Jinoyat

DXX: prokuror, sudya katta yordamchisi va advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

DXX: prokuror, sudya katta yordamchisi va advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa mas’ul idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida mansabdor shaxslar hamda advokat korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarda qo‘lga olindi.

🔹 Surxondaryo viloyatida bo‘lim prokurori tergovga qadar tekshiruv materiallarini yopib berish evaziga 2 ming AQSH dollari talab qilgan. U pulning bir qismini olayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

🔹 Andijon viloyatida sudya katta yordamchisi sud qarorini o‘zgartirish uchun 500 AQSH dollari olmoqchi bo‘lgan. U ham qo‘lga olingan.

🔹 Jizzax viloyatida advokat jazoni o‘tayotgan mahkumni muddatidan oldin ozod qilish evaziga 6 ming AQSH dollari so‘ragan. U mijoz bilan til biriktirib, pul olayotganida ushlandi.

DXX ma’lumotiga ko‘ra, mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.