Jamiyat

Qoidabuzarliklar 58 foizga kamaydi

Qoidabuzarliklar 58 foizga kamaydi

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi uch oyda 60 mingdan ortiq haydovchi jarima ballarini oldi. Ushbu tizim Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan 2024-yil iyunidan boshlab joriy etilgan.

Statistikaga ko‘ra, 4 nafar haydovchi 5 ballgacha, 14 nafar haydovchi 4 ballgacha, 129 nafar haydovchi 3 ballgacha, 4 976 nafar haydovchi 2 ballgacha, 63 974 nafar haydovchi esa 1 ballgacha jarima olgan. Shu bilan birga, 9 million 325 ming haydovchi umuman jarima ballari olmagan.

2024-yil iyun–avgust oylarida 285 mingdan ortiq qoidabuzarlik qayd etilgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 168 mingtani tashkil etgan. Natijada qoidabuzarliklar soni 58 foizga kamaygan.

Yo‘l-transport hodisalari ham kamaygani kuzatilmoqda: 2024-yil yozida 531 ta YTH sodir bo‘lgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 338 taga tushib, 36 foizga qisqargan.

Mutasaddilar fikricha, jarima ballari tizimi qoidabuzarliklarni kamaytirishda va yo‘llarda xavfsizlikni oshirishda ijobiy natija bermoqda.