Jahon

Netanyaxu Qatar amiridan uzr so‘radi

Netanyaxu Qatar amiridan uzr so‘radi

9-sentyabr kuni Isroilning Dohadagi HAMAS yetakchilariga uyushtirgan havo hujumi oqibatida Qatar xavfsizlik xodimi halok bo‘ldi.

Shu munosabat bilan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Qatar hukumati rahbari Muhammad bin Abdul Rahmon Ol Soniyga qo‘ng‘iroq qilib, ta’ziya bildirdi va uzr so‘radi.

Suhbat AQSH prezidenti Donald Tramp huzurida bo‘lib o‘tdi. 12-kanalga ko‘ra, tomonlar kompensatsiya masalasini ham muhokama qilishi mumkin.

Tramp ma’muriyati Qatar vositachiligini G‘azodagi muzokaralar uchun muhim deb baholamoqda.