Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qilishicha, ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyaga arizalar 2-oktyabr kuni soat 09:00 dan qabul qilinadi.
Jarayon Prezidentning 21-fevraldagi “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.
Fuqarolar arizalarni Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish, my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasi orqali topshirishlari mumkin.
Subsidiyaga ariza beruvchi:
ijtimoiy mezonlar asosida kamida 30 ball to‘plagan bo‘lishi;
oilaviy daromadlari belgilangan chegaralarda bo‘lishi;
turar joy mulkiga ega bo‘lmasligi lozim.
Qoraqalpog‘iston va viloyatlarda daromad chegarasi — MHTEKMning 2,7 baravaridan 8 baravarigacha, Toshkent shahrida esa 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha etib belgilangan.
Shuningdek, nochor ahvoldagi oilalarga 120 million so‘mgacha ipoteka krediti ajratilishi, dastlabki badalning 15 foizi hamda kreditning birinchi 5 yili davomida foiz stavkasining 12 foizdan oshgan qismi subsidiya orqali qoplab berilishi belgilangan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!