Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 564,9 ming nafar o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich 2015/2016 o‘quv yiliga nisbatan 170,9 ming nafarga ko‘p bo‘lib, so‘nggi o‘n yilda 43,4 foizlik o‘sishni anglatadi.
Asosiy ko‘rsatkichlar:
- O‘qituvchilarning 71 foizi — ayollar (401,3 ming nafar).
- 29 foizi — erkaklar (163,6 ming nafar).
- So‘nggi o‘n yillikda o‘qituvchilar soni muntazam ortib bormoqda.
Dinamika:
- 2015/2016 o‘quv yili — 385 ming nafar;
- 2019/2020 o‘quv yili — 486,6 ming nafar;
- 2023/2024 o‘quv yili — 547,8 ming nafar;
- 2024/2025 o‘quv yili — 564,9 ming nafar.
Statistik ma’lumotlar ta’lim tizimida ayollar salmog‘i yetakchilik qilayotganini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, o‘qituvchilar sonining yil sayin ortib borishi ta’lim sohasida kadrlar salohiyatining mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!