Toshkent metropolitenining O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi yo‘nalishidagi bekatlar rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish maqsadida vaqtincha yopilgan edi.
“Toshkent metropoliteni” xabariga ko‘ra, profilaktika jarayonining yakuniy bosqichi doirasida poyezdlar harakati sinov tariqasida (yo‘lovchilarsiz) yo‘lga qo‘yiladi.
Sinov muvaffaqiyatli yakunlangach, yo‘nalish 2025-yil 18-oktyabrdan boshlab odatdagi tartibda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, “Texnopark”—“Yangiobod” bekatlari oralig‘ida poyezdlar harakati 2-avgustdan boshlab vaqtincha to‘xtatilgandi. Yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirmaslik maqsadida “Texnopark”—“Qipchoq”—“Texnopark” bekatlari oralig‘ida bepul metrobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!