Jahon shaxmat federatsiyasi (FIDE) sentyabr oyining yakuni bo‘yicha yangilangan shaxsiy reytingni e’lon qildi. Unda dunyoning eng kuchli 100 shaxmatchisi ro‘yxatidan 5 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster ham o‘rin olgan.

Dunyo reytingida norvegiyalik Magnus Karlsen 2839 ochko bilan birinchi o‘rinni saqlab qoldi. Ikkinchi o‘rinda amerikalik Hikaru Nakamura (2816), kuchli uchlikni esa yana bir AQSH vakili Fabiano Karuana (2789) yakunladi.

O‘zbekistonlik grossmeysterlarning reytingi:
Nodirbek Abdusattorov – 2750 ochko bilan 12-o‘rin (1 pog‘ona pastlagan).
Javohir Sindorov – 2721 ochko bilan 24-o‘rin (o‘rnini saqlab qoldi).
Nodirbek Yakubboyev – 2689 ochko bilan 40-o‘rin (5 pog‘ona ko‘tarilgan).
Rustam Qosimjonov – 2671 ochko bilan 47-o‘rin (1 pog‘ona pastlagan).
Shamsiddin Vohidov – 2640 ochko bilan 86-o‘rin (3 pog‘ona pastlagan).
Shuningdek, FIDE jamoaviy reytingida O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi 2601 ochko bilan 13-o‘rinda qayd etildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!