Hodisa

Yomg‘ir tog‘larda qorga aylanadi

Yomg‘ir tog‘larda qorga aylanadi

O‘zbekiston hududida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Biroq Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol tezligi 7–12 m/s bo‘lib, ayrim hududlarda 18 m/s gacha kuchayadi.

Havo harorati respublika bo‘yicha 18–23° atrofida, shimolda 13–18° bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat 18–20° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ib, balandroq joylarda esa qor kuzatilishi mumkin. Harorat 8–13° oralig‘ida bo‘ladi.