Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Namangan, Farg‘ona, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrida bir nechta mansabdor shaxslarning pora va tamagirlik holatlari fosh etildi.
Namanganda viloyat hakamlik sudi sudyasi fuqarodan mulk huquqi bo‘yicha qaror chiqarish evaziga 3 200 dollar pora olayotganda qo‘lga olingan.
Farg‘onada Veterinariya va chorvachilik boshqarmasi mutasaddilari fermerlardan 300 va 500 dollar pora olayotgan paytda ushlangan.
Samarqandda MCHJ rahbari ikki fuqaroning ish stajini soxtalashtirib, pensiya tayinlash uchun 2 000 dollar talab qilgan, 1 900 dollar olayotganda qo‘lga tushgan.
Toshkentda esa Kanallardan foydalanish boshqarmasi bo‘lim boshliqlari 30 million so‘m pora olayotganda ushlangan.
Hozirda barcha holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!