Jahon

Moskvada bir yarim ming migrant chiqarib yuborildi

Moskvada bir yarim ming migrant chiqarib yuborildi

Moskva politsiyasi oxirgi reydlar davomida turli qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan 1,5 mingdan ortiq migrantni mamlakat hududidan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, chiqarib yuborilganlar asosan mehnat faoliyati va yashash tartibini buzgan xorijliklar hisoblanadi.

Shu bilan birga, sud qaroriga muvofiq, 32 nafar shaxs Rossiya fuqaroligidan mahrum etilgan. Ular qotillik, odam o‘g‘irlash hamda giyohvandlik moddalari savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblangan.

Joriy yil boshidan buyon Moskvada 2,4 mingdan ortiq noqonuniy legallashtirish holati fosh etilgan. 170 ta noqonuniy migratsiyani tashkil etish bilan bog‘liq jinoyat aniqlangan.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilda butun mamlakat bo‘yicha 80 mingdan ortiq migrant chiqarib yuborilgan, shundan qariyb 15 foizi Moskva hissasiga to‘g‘ri kelgan.