O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar–avgust oylarida turizm xizmatlari hajmi 2,2 trillion so‘mga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 44 foizga ko‘pdir.
Hududlar kesimida turizm xizmatlari hajmi quyidagicha taqsimlandi:
Toshkent shahri — 1,7 trillion so‘m
Samarqand viloyati — 305 milliard so‘m
Xorazm viloyati — 73,1 milliard so‘m
Toshkent viloyati — 52,2 milliard so‘m
Buxoro viloyati — 31,9 milliard so‘m
Qo‘mita qayd etishicha, ushbu beshta hudud mamlakat bo‘yicha turistik xizmatlarning 97,1 foizini ta’minlagan.
So‘nggi yillarda turizm sohasida kuzatilayotgan o‘sish mamlakatning iqtisodiy salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va O‘zbekistonning xalqaro turizm bozoridagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!