Siyosat

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga boradi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga boradi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6–7-oktyabr kunlari Ozarbayjonga amaliy tashrif bilan boradi. Tashrif Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.

Davlat rahbari tashrif davomida Turkiy davlatlar tashkilotining Gabala shahrida bo‘lib o‘tadigan sammitida ishtirok etadi. Sammit “Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik” mavzusiga bag‘ishlanadi.

Kun tartibida tashkilot doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, siyosat, savdo-iqtisodiyot, innovatsiya, investitsiya, energetika, transport-kommunikatsiya va gumanitar sohalardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.

Sammit yakunida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qo‘shma qaror va hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.