Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakatda yangi hukumat shakllantirilganini ma’lum qildi. Bu haqda France 24 xabar berdi.
Yangi kabinet bosh vazir Sebastyan Lekornu tayinlanganidan qariyb bir oy o‘tib e’lon qilindi. Lekornu Makronning yettinchi bosh vaziri bo‘lib, u parlamentdagi siyosiy bo‘linishlar fonida muxolifat bosimiga uchrashi mumkinligi aytilmoqda.
Avval iqtisodiyot vaziri lavozimida ishlagan Bruno Le Mer endilikda mudofaa vaziri bo‘ldi, uning o‘rnini esa Roland Leskyur egalladi. Tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro, ichki ishlar vaziri Bruno Retayo va adliya vaziri Jerald Darmanin lavozimida qoldi.
Madaniyat vaziri Rashida Dati esa korrupsiya ishi bo‘yicha sud jarayoni kutilayotganiga qaramay, o‘z postida saqlanib qoldi. Retayo noqonuniy immigratsiyaga qarshi qat’iy choralar ko‘rishga va’da berdi.
Fransiya hozirda siyosiy tanglik davrini boshdan kechirmoqda. Davlat xarajatlarini qisqartirish rejalari va ijtimoiy islohotlarga qarshi butun mamlakat bo‘ylab namoyishlar davom etmoqda. 2-oktyabr kuni 200 dan ortiq shahar va shaharchalarda ish tashlashlar bo‘lib o‘tdi, buning oqibatida Eyfel minorasi ham vaqtincha yopildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!