Hodisa, Jamiyat

Xazon yoqqanlar jarimaga tortiladi

Xazon yoqqanlar jarimaga tortiladi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi dala va aholi punktlarida xazon, shox-shabba yoki o‘simliklarning boshqa qoldiqlarini yoqmaslik haqida ogohlantirdi.

Qonun talablariga ko‘ra, bunday holatlar “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlar buzilishiga olib keladi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasiga asosan, fuqarolarga 1 mln 236 ming so‘mdan 2 mln 60 ming so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa 2 mln 60 ming so‘mdan 4 mln 120 ming so‘mgacha jarima belgilanadi.

Agar ushbu huquqbuzarlik bir yil ichida takrorlansa, jarima miqdori yanada oshadi — fuqarolar uchun 2 mln 60 ming so‘mdan 2 mln 884 ming so‘mgacha, mansabdor shaxslar uchun esa 4 mln 120 ming so‘mdan 6 mln 180 ming so‘mgacha bo‘ladi.

Vazirlik o‘simlik qoldiqlarini yoqish natijasida havoga zararli moddalar ajralib chiqishini, bu esa ekologiya va inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini eslatdi.