Jinoyat

Buxoro va Navoiyda noqonuniy oltin qazigan 37 kishi ushlandi

Buxoro va Navoiyda noqonuniy oltin qazigan 37 kishi ushlandi

«Kontexnazorat» tomonidan Buxoro va Navoiy viloyatlarida joylashgan obyektlarda xizmat tekshiruvlari o‘tkazildi.

Shofirkon tumanidagi «Quljuqtov» hamda Konimex tumanidagi «Tovshan» tog‘ massivlarida joylashgan «Oltin Kon» MCHJ tasarrufidagi hududlarda o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida begona shaxslar tomonidan noqonuniy oltin qazib olish holatlari aniqlangan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan materiallar DXXga yuborilgan va DXX hamda viloyat IIB tomonidan tezkor choralar ko‘rilgan.

Natijada «Quljuqtov» massivida o‘tkazilgan tadbir davomida 37 nafar shaxs noqonuniy faoliyat yuritayotgan paytda qo‘lga olingan.

Tadbir davomida 3 ta Ford avtomashinasi, 8 ta perforator, 6 ta kompressor, shuningdek tarkibida oltin moddasi mavjud bo‘lgan 400 qopga yaqin ruda va boshqa qo‘lbola yasama asbob-uskunalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, noqonuniy faoliyat natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 20 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlangan.