Qatar Tashqi ishlar vazirligi vakili Majid al-Ansoriyning ma’lum qilishicha, Isroil va HAMAS o‘rtasida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvning birinchi bosqichi bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishilgan.
HAMAS bayonotida imzolangan hujjat “G‘azodagi urushga yakun yasaydi”, deb ta’kidlangan. Harakat, shuningdek, vositachilik qilgan Turkiya, Qatar va Misr hukumatlariga tinchlik yo‘lidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirgan.
Kelishuv e’lon qilingach, G‘azo aholisi harbiy harakatlarning to‘xtatilishini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqishdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!