Hodisa, Jamiyat

Siam egizaklari muvaffaqiyatli ajratib olindi

Siam egizaklari muvaffaqiyatli ajratib olindi

Chirchiq shahridagi Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filialida noyob jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.

Homiladorlikning 33–34 haftasida “kesarcha kesish” yo‘li bilan tug‘ilgan Siam egizaklari tug‘ruqdan 9 soat o‘tib, murakkab jarrohlik amaliyoti orqali ajratib olindi.

Besh soat davom etgan operatsiyani Respublika perinatal markazi qoshidagi Neonatal jarrohlik markazi rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Baxtiyor Ergashov boshchiligidagi malakali shifokorlar guruhi muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Mutaxassislar so‘zlariga ko‘ra, bu operatsiya mahalliy sharoitda o‘tkazilgan eng murakkab va texnologik jarrohlik amaliyotlaridan biri hisoblanadi.