Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanida paxta terimidan ayollarni olib kelayotgan “Labo” rusumli avtomobil “Cobalt” bilan to‘qnashdi.
Viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 3-oktyabr kuni soat 20:00 larda “Gulbog‘” mahallasi hududida sodir bo‘lgan. “Labo” boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan “Cobalt” bilan to‘qnashgan.
Oqibatda “Labo” haydovchisi va besh nafar yo‘lovchi ayol tan jarohati olib, tuman kasalxonasiga yetkazilgan. Mashinada 16 ayol bo‘lgani haqidagi xabarlar asossiz deb topildi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!