Jahon

Qirg‘izistonda ona tilida yozilmagan ko‘cha nomlari va bannerlar olib tashlanmoqda

Qirg‘izistonda ona tilida yozilmagan ko‘cha nomlari va bannerlar olib tashlanmoqda

Bishkek shahrida davlat tilida yozilmagan ko‘cha nomlari va reklama yozuvlari olib tashlanmoqda. Bu haqda “24.kg” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatdagi tasdiqlangan me’yorga binoan barcha ko‘cha nomlari va reklamalar oq rangdagi asosda ko‘k rangli yozuv hamda belgilar bilan tayyorlanishi lozim.

Shahar hokimligi bayonotida ta’kidlanishicha, so‘nggi paytlarda ayrim jismoniy shaxslar va uy-joy mulkdorlari tomonidan o‘zboshimchalik bilan belgilar o‘rnatish, davlat tili qoidalarini buzish hamda tasdiqlangan loyiha talablariga amal qilmaslik holatlari aniqlangan.

Bu borada tuman hokimliklari va mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan o‘rganishlar hamda reydlar o‘tkazilmoqda.

Hukumat fuqarolarni “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun talablariga rioya qilishga chaqirar ekan, ko‘cha nomlari faqat qirg‘iz tilida yozilishi lozimligini eslatgan.