Jahon

Shimoliy Koreya qit’alararo yangi ballistik raketani namoyish qildi

Shimoliy Koreya qit’alararo yangi ballistik raketani namoyish qildi

Shimoliy Koreya Koreya Mehnat partiyasi tashkil etilganining 80 yilligiga bag‘ishlangan paradda qit’alararo yangi ballistik raketa – **“Xvason-20”**ni namoyish qildi.

Sentyabr oyida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakatda “maxfiy qurol” yaratilganini ma’lum qilgandi.

Shundan so‘ng janubiy koreyalik ekspertlar Shimoliy Koreyaning “maxfiy quroli” “Xvason-20” yoki uning modifikatsiyasi, shuningdek, bir nechta jangovar kallaklarga ega qit’alararo ballistik raketalar, gipertovushli raketalar va yadroviy suv osti kemalari bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishgandi.

Mutaxassislar bu qurollar 10-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan harbiy paradda namoyish etilishini kutishgandi.

Parad davomida “Xvason-20” o‘rta masofaga uchuvchi gipertovushli ballistik raketalardan so‘ng ommaga namoyish etildi, deya ta’kidladi KCNA.

Bundan tashqari, marosimda yangi avlod hujum qurollari tizimlari va boshqa turdagi qurollar ham namoyish etildi.