O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini onlayn to‘ldirish va taqdim etish imkoniyatini joriy qildi. Endilikda fuqarolar deklaratsiyani mobil ilova orqali oldindan to‘ldirib, bojxona nazoratidan o‘tish jarayonini tezlashtirishlari mumkin.
Buning uchun “Yo‘lovchi deklaratsiyasi” nomli mobil ilova ishga tushirildi. Ilovani Play Market va App Store platformalaridan yuklab olish mumkin.
Ilova orqali foydalanuvchilar pasport ma’lumotlarini kiritgach, ayrim bandlar avtomatik to‘ldiriladi, shuningdek, IMEI-kodlarni skanerlash orqali kiritish imkoniyati mavjud.
Tizim hozircha “Toshkent” xalqaro aeroportida sinov tariqasida ishga tushirilgan bo‘lib, 2025-yil 1-noyabridan boshlab barcha chegara o‘tkazish punktlarida to‘liq joriy etiladi.
Bojxona qo‘mitasiga ko‘ra, chegara postlarida fuqarolar uchun bepul WiFi hududlari va infokiosklar o‘rnatiladi. Tizim deklaratsiyani qog‘oz shaklida to‘ldirishda uchrashi mumkin bo‘lgan xatoliklarning oldini olib, jarayonni yanada shaffof va qulay qiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!