O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqi tomonidan 2025-yil 12-oktabrdan boshlab tashqi chegaralarda Yagona kirish-chiqish tizimi (EES) bosqichma-bosqich joriy etilayotgani haqida o‘zbekistonlik fuqarolarni ogohlantirdi.
Ma’lum qilinishicha, yangi raqamli tizim amaldagi pasportga muhr bosish amaliyotini almashtiradi. Endilikda uchinchi davlat fuqarolarining, jumladan, O‘zbekiston fuqarolarining ham kirish va chiqishlari elektron shaklda qayd etiladi.
TIV Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga sayohatni rejalashtirayotgan barcha fuqarolardan yangi tartib va talablar bilan oldindan tanishib chiqishni tavsiya etdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!