Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an farmon imzolab, turkiy davlatlar fuqarolari uchun mamlakatda ishlash va tadbirkorlik faoliyatini yuritishni soddalashtirdi.
Yangi tartibga ko‘ra, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekiston fuqarolari endilikda Turkiyada fuqarolik olish yoki murakkab ruxsatnomalarsiz ishlash hamda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladilar.
Mazkur imtiyozlar harbiy xizmat va kuch ishlatish organlarida xizmat qilish holatlariga tatbiq etilmaydi.
Shuningdek, turkiy davlatlar fuqarolari mamlakat fuqarolari bilan teng ravishda kasbiy uyushmalarda ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi, biroq saylovlarda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lmaydilar.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!