Matematika fanidan o‘tkazilgan asosiy fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi test savollari noqonuniy tarzda tarqaldi. Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi ma’lum qildi.
14-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan olimpiadada testlar ertalab soat 7:00 da ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Xalqtaliminfo’ga ko‘ra, savollar dastlab 800 ming so‘mdan sotilgan, keyinroq narxi 200 ming so‘mgacha tushgan.
Pedagoglar testlar keyinchalik rasmiy kanal orqali e’lon qilingan savollar bilan bir xil ekanini aniqlagan.
Agentlik hozirda holatni o‘rganmoqda.
“Sababchi shaxslar aniqlanib, qonunchilik doirasida javobgarlikka tortiladi”, — deyiladi xabarda.
Matematika fanidan olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi 9-, 10- va 11-sinflar kesimida qayta o‘tkaziladi.
📞 Shuningdek, noqonuniy savdo yoki ta’sir holatlari haqida (+998 71 207 05 24) raqamiga yoki Fan olimpiadalari markazining maxsus botiga xabar berish so‘ralgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!