Siyosat

Samarqandda MDH maxsus xizmat rahbarlari uchrashadi

Samarqandda MDH maxsus xizmat rahbarlari uchrashadi

16–17-oktyabr kunlari Samarqand shahrida MDHga aʼzo davlatlarning xavfsizlik organlari va maxsus xizmat rahbarlari yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Majlisda MDH Ijroiya qoʻmitasi va Aksilterror markazi vakillari ham qatnashadi.

Tadbirda xalqaro terrorizm va ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik, axborot xavfsizligi hamda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash masalalari muhokama qilinadi.

Yigʻilish yakunida delegatsiyalar mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash boʻyicha yangi hamkorlik yoʻnalishlarini belgilab olishadi.