Jamiyat

Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kuzgi ta’til 2025-yil 4-noyabrdan boshlanadi.

Ta’til 9-noyabrgacha davom etadi. Shundan so‘ng, II chorak dars mashg‘ulotlari 10-noyabrdan boshlanadi.

Vazirlik o‘quvchilarga ta’tilni mazmunli o‘tkazish, dam olish va yangi chorakka tayyorlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.