«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bugun mamlakatning cho‘l hududlarida shamol tezligi 13–18 metr/sekundgacha kuchayib, ba’zi joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
Viloyatlar bo‘yicha:
Havo harorati +18…+23°C atrofida bo‘lib, shamol 7–12 m/s tezlikda esadi.
Toshkentda:
Yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati +19…+21°C gacha iliqlashadi, shamol esa 3–8 m/s tezlikda esadi.
Tog‘li hududlarda:
Qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati +12…+17°C, shamol tezligi 7–12 m/s bo‘lishi kutilmoqda.
Mutaxassislar aholiga chang-to‘zon vaqtida ochiq joylarda ehtiyot bo‘lish, ko‘zni va nafas yo‘llarini himoyalash choralarini ko‘rishni tavsiya etmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!