O‘zbekiston Oliy sudi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 9 oyi davomida mamlakatda 50 mingdan ortiq er-xotin ajrashish uchun sudga ariza bergan.
Ma’lum qilinishicha, shu davrda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 8,2 trillion so‘mdan ortiq majburiy to‘lovlarni undirish haqida 1 million 135 mingdan ortiq sud buyrug‘i chiqarilgan.
Shuningdek, 472 mingdan ziyod fuqarolik ishi ko‘rib chiqilgan bo‘lib, ularning 365 mingdan ortig‘ida da’vo talablari qanoatlantirilgan, 56 mingta ishdan ortig‘ida rad etilgan, qolganlari ko‘rmasdan qoldirilgan yoki tugatilgan.
Ko‘rib chiqilgan ishlardan:
52 mingdan ortig‘i — nikohdan ajratish,
19 mingdan ortig‘i — uy-joy munosabatlari,
14 mingdan ortig‘i — alohida toifadagi ishlar,
9 mingdan ortig‘i — noqonuniy qurilishlarni buzish,
2 ming 800 dan ortig‘i — otalikni belgilash bilan bog‘liq ishlardir.
Nikohdan ajratish ishlarining tahliliga ko‘ra:
27 578 ta nikoh bekor qilingan,
18 430 ta nikoh saqlab qolingan,
4 658 ta ish ko‘rmasdan qoldirilgan,
1 841 ta ish tugatilgan.
Oliy sud ma’lumotida qayd etilishicha, 2025-yilning 9 oyida 155 nafar qiz voyaga yetmasdan turmushga berilgan, ularning yoshi 15–17 yosh oralig‘ida bo‘lgan.
Shuningdek, 2025-yil 1-dekabrdan boshlab nikohni rasmiylashtirishda tibbiy ko‘rik natijalarini taqdim etish talabi bekor qilinadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!