YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkazilishi munosabati bilan 30-oktyabrdan 14-noyabrga qadar Samarqandga kirish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi rasmiy kanali orqali ogohlantirdi.
Ma’lum qilinishicha, tranzit transport vositalari uchun aylanma yo‘nalishlar tashkil etilgan. Haydovchilarga esa yo‘l xaritalarini ko‘rsatadigan QR-kodli flayerlar tarqatiladi.
IIV aholiga va shahar mehmonlariga murojaat qilib, safarlarni imkon qadar keyinroqqa qoldirishni tavsiya etdi:
Mazkur kunlarda Samarqandga safar rejalashtirgan bo‘lsangiz, imkon bo‘lsa, tashrifni boshqa kunga qoldiring. Bu choralar xalqaro anjumanni xavfsiz o‘tkazish uchun zarur, — deyiladi vazirlik xabarida.
Ma’lumot uchun, YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi 1985-yildan beri ilk bor Parijdan tashqarida — Silk Road Samarkand majmuasida o‘tkaziladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!