Jamiyat

Toshkent viloyatida 100 dan ortiq mansabdorga chora ko‘rildi

Toshkent viloyatida 100 dan ortiq mansabdorga chora ko‘rildi

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Biznes-ombudsmani Toshkent viloyati hududiy sho‘basi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasida 109 nafar mansabdor shaxsga nisbatan chora ko‘rilgan.

Hududiy sho‘ba ma’lumotiga ko‘ra, yil boshidan buyon “Tadbirkor virtual ofisi” orqali 350 ta murojaat kelib tushgan. Eng ko‘p murojaatlar Bo‘ka, Yangiyo‘l va Qibray tumanlari, eng kamlari esa Oqqo‘rg‘on va Quyichirchiq tumanlaridan kelgan.

Tadbirkorlar murojaatlarining asosiy qismi bank-kredit, soliq, yer va kadastr, elektr ta’minoti hamda tekshirishlar masalalariga oid bo‘lgan.

Ko‘rib chiqishlar natijasida 69 nafar hokim yordamchisi, 19 nafar kadastr idorasi rahbari hamda 6 nafar soliq xodimiga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanilgan.

Biznes-ombudsmani idorasi tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi.