Siyosat

O‘zbekiston oltita davlat fuqarolari uchun vizasiz kirishni joriy etdi

O‘zbekiston oltita davlat fuqarolari uchun vizasiz kirishni joriy etdi

21-oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston oltita yangi davlat fuqarolari uchun vizasiz kirish tartibini rasman yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, Xitoy fuqarolari uchun vizasiz muddat 30 kungacha uzaytirildi.

Yangi vizasiz rejim joriy etilgan davlatlar:
🇧🇭 Bahrayn
🇶🇦 Qatar
🇰🇼 Quvayt
🇴🇲 Ummon
🇸🇦 Saudiya Arabistoni
🇯🇴 Iordaniya

Ushbu davlatlar fuqarolari endilikda O‘zbekistonda 30 kungacha vizasiz qolishlari mumkin.

Xitoy bilan yangi tartib:
– Xitoy fuqarolari uchun vizasiz kirish muddati 30 kungacha uzaytirildi.
– Gonkong aholisi uchun 7 kunlik vizasiz kirish istisnosi o‘z kuchida qoladi.

Biznes vizalar uchun soddalashtirilgan tartib:
Yangi qarorga ko‘ra, 15 davlat — jumladan, Avstriya, Germaniya, Yaponiya, Italiya, BAA, Eron va Pokiston — fuqarolari uchun biznes vizalarini olish jarayoni soddalashtirildi.

Bu qaror mamlakatning sayyohlik jozibadorligini oshirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.