Dunyoning eng nufuzli sayohat nashrlaridan biri — National Geographic 2026-yil uchun eng yaxshi sayohat yo‘nalishlari ro‘yxatini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatda O‘zbekistonning Xiva shahri ham munosib o‘rin egalladi.
Jurnal ta’kidlaganidek, «Samarqand va Buxoro mashhurlik cho‘qqisida bo‘lsa, Xiva o‘tmishga yanada haqiqiy va xotirjam sayohatni taklif etadi». Shuningdek, yozda Toshkentdan tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishi Xivaga sayohatni ikki baravar tezlashtirishi qayd etilgan.
National Geographic sayyohlarga quyidagi manzillarni tavsiya etgan:
- Ichan qal’a — YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan qadimiy shahar bilan tanishish;
- Lazgi raqsi, bahodirlar o‘yinlari va qovun sayli kabi milliy festivallarda ishtirok etish.
Ro‘yxatda, shuningdek, Kvebek (Kanada), Pekin (Xitoy), Rabot (Marokash), Qora dengiz qirg‘oqlari (Turkiya), Akagera milliy parki (Ruanda) va Manila (Filippin) yo‘nalishlari ham bor.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!