Hukumatning 22-oktyabrdagi qaroriga muvofiq, qurilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
2026-yil 1-yanvardan boshlab turar joy majmualarini qurishda quyidagi yozuvlar faqat davlat tilida bo‘lishi shart:
obyekt nomi;
bino pasporti va loyiha yozuvlari;
peshlavhalar;
qurilish maydonlari atrofidagi vaqtincha devor va to‘siqlardagi yozuvlar;
reklama va eʼlon matnlari.
Barcha yozuvlar o‘zbek tili qoida va talablariga rioya qilingan holda yozilishi lozim.
Qurilish-montaj ishlarini boshlash yoki foydalanishga topshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyalariga taqdim etiladi.
Bir oy muddatda “E-XSUD” va ekologiya sohasida ruxsatnoma berish tizimlari Kadastr agentligining “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” hamda “Shaffof qurilish” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi.
Mazkur qaror rasman e’lon qilingan kundan boshlab uch oydan keyin kuchga kiradi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!